Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi, oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet eldan olib kirilgan transport vositasi uchun bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yoʻl varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilar uchun, shu jumladan yoʻlovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilar uchun malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati (bundan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki yillik davr mustasno) yonida boʻlmagan holda, xuddi shuningdek transport vositalarini olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli belgilar qoʻyilgan hujjatlarining muddati oʻtgan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan yoxud aynan shu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasini oʻz yonida olib yurishi talab etilmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish