Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 14-modda

Voyaga yetmaganlarning maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.

Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 116¹, 116², 116³, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 138, 183, 185, 185¹, 185², 185³, 194, 194¹, 196¹, 206¹, 209¹, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 194¹ va 196¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar mustasno) ishlar bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 206¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.