Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 163¹-modda

Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish

Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni, shuningdek yer uchastkalarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan oqova suvlarni oqizish hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulash, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.