Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Vodoprovod tarmoqlariga (suv taʼminoti tarmoqlariga) oʻzboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv taʼminoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv taʼminoti tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi issiqlik yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda oʻgʻirlash bilan bogʻliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish