Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 157-modda
Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga koʻchib kirish muddatlarini buzish
Turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turar joy berish tartibini buzish, uylarga va turar joylarga koʻchib kirishning belgilangan muddatlariga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish