Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 97-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 97¹-modda
Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish
Istirohat bogʻlarining attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 98-modda
Portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Sanoatda va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nazorati ostidagi boshqa obyektlarda portlovchi hamda radioaktiv materiallarni (manbalarni) hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, normalarini hamda yoʻriqnomalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 99-modda
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining koʻrsatmalarini bajarishdan qasddan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik (bundan 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan yashash uchun moʻljallanmagan joylar hamda ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlari mustasno), — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy koʻrsatmalarni toʻliq bajarmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Obyektlarni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini yoki Transport nazorati inspeksiyasini xabardor qilmasdan yoxud roʻyxatdan oʻtkazmasdan qurish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Obyektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- FuqarolikCIVIL · 1-modda
Fuqarolik qonunchiligining asosiy negizlari
Fuqarolik qonunchiligi ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini eʼtirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini taʼminlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar oʻz fuqarolik huquqlariga oʻz erklariga muvofiq ega boʻladilar va bu huquqlarini oʻz manfaatlarini koʻzlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida oʻz huquq va burchlarini belgilashda va qonunchilikka zid boʻlmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar. Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida erkin harakatda boʻladi. Xavfsizlikni taʼminlash, insonlarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, tabiatni va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish uchun zarur boʻlsa, tovarlar va xizmatlar harakatda boʻlishini cheklash qonunchilikka muvofiq joriy etilishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 10-modda
Fuqarolik huquqlarini sud orqali himoya qilish
Fuqarolik huquqlari protsessual qonunchilik yoki shartnomada belgilab qoʻyilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli boʻlishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi (bundan keyin — sud) tomonidan himoya qilinadi. Qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqlari maʼmuriy tartibda himoya qilinadi. Maʼmuriy tartibda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 100-modda
Shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Fuqaro oʻzining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan, basharti bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli. Manfaatdor shaxslarning talabiga koʻra fuqaroning shaʼni va qadr-qimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yoʻl qoʻyiladi. Basharti, fuqaroning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ommaviy-axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, ayni shu ommaviy-axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Basharti, bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi. Fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini kamsituvchi maʼlumotlar eʼlon qilinganda u ayni oʻsha ommaviy axborot vositalari orqali chiqib, oʻzini himoya qilish huquqiga ega. Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani toʻlash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi. Oʻzining shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar tarqatilgan fuqaro bunday maʼlumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zararlar va maʼnaviy ziyonning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqlidir. Ushbu moddadagi fuqaroning ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi qoidasi yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsini himoya etishga nisbatan ham tegishli yoʻsinda tatbiq etiladi.
- FuqarolikCIVIL · 1000-modda
Birgalikda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Birgalikda zarar yetkazgan shaxslar jabrlanuvchining oldida solidar javobgar boʻladilar. Jabrlanuvchining arizasiga koʻra va uning manfaatlarini koʻzlab, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslarga hissali javobgarlikni yuklashga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 1001-modda
Zarar yetkazgan shaxsga nisbatan regress huquqi
Boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni toʻlagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan boʻlsa, toʻlangan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega. Birgalikda yetkazilgan zararni toʻlagan zarar yetkazuvchi zarar yetkazuvchilarning har biridan jabrlanuvchiga toʻlangan tovonning har bir zarar yetkazuvchining aybi darajasiga mos ulushini talab qilishga haqli. Aybning darajasini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda ulushlar teng baravar deb hisoblanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararni toʻlagan davlat bunday shaxslarning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hollarda, bu shaxslarga nisbatan regress huquqiga ega. Terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilishiga sabab boʻlgan shaxsga nisbatan toʻlangan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega. Ushbu Kodeksning 993 –– 996, 998-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha zararni toʻlagan shaxslar zarar yetkazgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish (regress) huquqiga ega emas.
- FuqarolikCIVIL · 1002-modda
Uy hayvonlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Uy hayvoni tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning mulkdori yoki bu hayvonga egalik qiluvchi va undan foydalanuvchi shaxs umumiy asoslarda javobgar boʻladi.
- FuqarolikCIVIL · 1003-modda
Zararning oʻrnini qoplash usullari
Sud zararni qoplash toʻgʻrisidagi talabni qanoatlantirar ekan, ish holatlariga muvofiq ravishda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga zararni aslicha qoplash (oʻshanday turdagi va sifatdagi ashyoni taqdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatish va hokazo) yoki yetkazilgan zararni toʻlash majburiyatini yuklaydi.
- FuqarolikCIVIL · 1004-modda
Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini hisobga olish
Jabrlanuvchining qasddan ish koʻrishi natijasida yuzaga kelgan zarar toʻlanmaydi. Agar jabrlanuvchi oʻzining qoʻpol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga koʻmaklashgan boʻlsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim. Jabrlanuvchi qoʻpol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi boʻlmaganda, uning javobgarligi aybidan qatʼi nazar, yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, zararni toʻlash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganda tovon toʻlashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qoʻshimcha xarajatlarni toʻlashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan koʻrilgan zararni toʻlashda, shuningdek dafn etish xarajatlarini toʻlashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi. Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno.
- FuqarolikCIVIL · 1005-modda
Shartnomalarga oid yoki boshqa majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Shartnoma majburiyatlarini bajarishda, shuningdek harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar organlaridagi xizmatni va boshqa shunga oʻxshash majburiyatlarni bajarishda fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu bob qoidalariga muvofiq qoplanadi.
- FuqarolikCIVIL · 1006-modda
Sogʻliqqa shikast yetkazilganligi tufayli koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash hajmi va xususiyati
Fuqaro mayib qilinganda yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganda jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi mumkin boʻlgan yoʻqotilgan ish haqi (daromadlari), shuningdek salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qoʻshimcha xarajatlari, shu jumladan davolanish, qoʻshimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qoʻydirish, birovning parvarishida boʻlish, sanatoriy-kurortda davolanish, maxsus transport vositalarini sotib olish, boshqa kasbga tayyorgarlikdan oʻtish xarajatlari, agar jabrlanuvchining ana shu yordam va parvarish turlariga muhtojligi hamda ularni bepul olish huquqiga ega emasligi aniqlansa, oʻrni qoplanishi lozim. Yoʻqotilgan ish haqini (daromadlarni) aniqlashda jabrlanuvchiga mayib boʻlishi yoki sogʻligʻiga boshqacha shikast yetishi sababli tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek sogʻligʻiga zarar yetkazilmasidan oldingi va undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar eʼtiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini kamaytirishga sabab boʻlmaydi (zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi). Zararni qoplash hisobiga, shuningdek jabrlanuvchi sogʻligʻiga shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmaydi. Qonunchilik yoki shartnoma bilan ushbu moddaga muvofiq jabrlanuvchiga tegadigan toʻlov hajmi va miqdori koʻpaytirilishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 1007-modda
Sogʻliqqa shikast yetkazilishi natijasida yoʻqotilgan ish haqini (daromadni) aniqlash
Oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan yoʻqotilgan ish haqi (daromad)ning miqdori mayiblanishgacha yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetkazilishigacha yoxud mehnat qobiliyati yoʻqotilgungacha boʻlgan oʻrtacha oylik ish haqi (daromad)ga nisbatan jabrlanuvchining kasbiy mehnat qobiliyatini yoʻqotishi darajasiga, kasbi yoʻq boʻlganda esa — umumiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga muvofiq foizlarda aniqlanadi. Jabrlanuvchining yoʻqotilgan ish haqi (daromadi) tarkibiga ham asosiy ish joyidan, ham oʻrindoshlik boʻyicha ishlaydigan joyidan mehnat va fuqaroviy-huquqiy shartnomalar boʻyicha toʻlanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan barcha turdagi mehnat haqi qoʻshiladi. Bir yoʻla toʻlanadigan toʻlovlar (foydalanilmagan taʼtil uchun toʻlanadigan pul, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi ishdan boʻshatish nafaqasi) hisobga olinmaydi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri hamda homiladorlik va tugʻish taʼtili uchun toʻlangan nafaqa hisobga olinadi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, shuningdek mualliflik gonorari yoʻqotilgan ish haqi (daromad) tarkibiga kiritiladi, bunda tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar soliq inspeksiyasining maʼlumotlari asosida kiritiladi. Ish haqi (daromad)ning barcha turlari soliqlar ushlab qolinmasdan oldin hisoblangan summalarda hisobga olinadi. Oʻrtacha oylik ish haqi (daromad) sogʻliqqa shikast yetkazilishidan oldingi ishlangan oʻn ikki oy ichidagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini oʻn ikkiga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladi. Zarar yetkazilgan paytgacha jabrlanuvchi oʻn ikki oydan kam ishlagan hollarda oʻrtacha ish haqi (daromad) sogʻliqqa shikast yetkazilishidan oldingi amalda ishlangan oylardagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini ana shu oylar soniga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchi toʻliq ishlamagan oylar uning xohishiga koʻra bundan oldingi toʻliq ishlangan oylarga almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoniyati boʻlmaganda hisobdan chiqarib tashlanadi. Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan paytda ishlamayotgan boʻlsa, uning xohishiga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha boʻlgan ish haqi (daromadi) yoxud mazkur joyda uning malakasidagi xodimga toʻlanadigan, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam boʻlmagan odatdagi haq toʻlash miqdori hisobga olinadi. Agar jabrlanuvchining ish haqida (daromadlarida) uning mayib qilinishi yoki sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishiga qadar uning mulkiy ahvolini yaxshilovchi barqaror oʻzgarishlar sodir boʻlgan (egallab turgan lavozimi boʻyicha ish haqi oshirilgan, yuqoriroq haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilgan, kunduzgi oʻquv yurtini bitirganidan keyin ishga kirgan) boʻlsa va oʻzgarishning barqarorligi yoki jabrlanuvchining ish haqi oʻzgarishi ehtimoli isbotlangan boshqa hollarda, uning oʻrtacha oylik ish haqini aniqlashda u tegishli oʻzgarishdan keyin olgan yoki olishi lozim boʻlgan ish haqi (daromad)gina hisobga olinadi.
- FuqarolikCIVIL · 1008-modda
Voyaga yetmagan shaxsning sogʻligʻiga shikast yetkazilganda zararning oʻrnini qoplash
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan va ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxs mayib boʻlib qolgan yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan taqdirda zarar yetkazilganligi uchun javobgar shaxs sogʻliqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplashi shart. Jabrlanuvchi oʻn toʻrt yoshga toʻlganda, shuningdek oʻn toʻrtdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxsga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs jabrlanuvchiga sogʻliqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlardan tashqari, shuningdek uning mehnat qobiliyati yoʻqotilganligi yoki kamayganligi bilan bogʻliq zararni qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdoridan kelib chiqib, qoplashi shart. Agar voyaga yetmagan shaxs sogʻligʻiga shikast yetkazilguniga qadar ish haqi (daromad)ga ega boʻlgan boʻlsa, unda zarar ushbu ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqib, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi. Sogʻligʻiga ilgari shikast yetkazilgan voyaga yetmagan shaxs mehnat faoliyati boshlanganidan soʻng zarar uchun toʻlanayotgan haqni u oladigan ish haqi (daromad) yoxud unga lavozimi boʻyicha belgilangan haq miqdoridan yoki u ishlayotgan joydagi ayni shunday malakadagi xodimning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqib, koʻpaytirishni talab qilishga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 1009-modda
Boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon koʻrgan shaxslarga zararni toʻlash
Boquvchisi vafot etgan taqdirda quyidagilar zararni undirish huquqiga ega: marhumning qaramogʻida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan taʼminot olish huquqiga ega boʻlgan mehnatga layoqatsiz shaxslar; marhumning vafotidan keyin tugʻilgan farzandi; mehnat qobiliyatidan qatʼi nazar, marhumning qaramogʻida boʻlgan uning oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yoxud koʻrsatilgan yoshga toʻlgan boʻlsa ham tibbiyot muassasasining xulosasiga koʻra salomatligi boʻyicha boshqalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan va ishlamaydigan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa aʼzosi; marhumning qaramogʻida boʻlgan va uning vafotidan keyin besh yil ichida mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolgan shaxslar. Ishlamaydigan va marhumning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa aʼzosi parvarishlashni amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolgan taqdirda, ana shu shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi. Zarar quyidagilarga toʻlanadi: voyaga yetmaganlarga — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar; oʻn sakkiz yoshdan oshgan oʻquvchilarga — oʻquvning kunduzgi shaklida oʻqishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha; ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod; nogironligi boʻlgan shaxslarga — nogironlik muddatiga; marhumning qaramogʻida boʻlgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini ular oʻn toʻrt yoshga toʻlgunga qadar parvarishlashda band boʻlgan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoxud oilaning boshqa aʼzosiga.
- FuqarolikCIVIL · 101-modda
Bitimlar tushunchasi
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.
- FuqarolikCIVIL · 1010-modda
Boquvchisi vafot etgan taqdirda koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash miqdori
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga zarar marhumning ushbu Kodeks 1007-moddasi qoidalari boʻyicha aniqlangan ish haqi (daromadi)ning marhum hayot vaqtida ular oʻz taʼminoti uchun olgan yoki olish huquqiga ega boʻlgan ulushi miqdorida qoplanadi. Bu shaxslarga zararni qoplashni aniqlashda marhumning daromadlari tarkibiga ish haqi (daromad) bilan bir qatorda u hayot vaqtida olgan pensiya, umrbod taʼminot va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar kiritiladi. Zararning oʻrnini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan shaxslarga tayinlangan pensiya, shuningdek boquvchisining vafotidan oldin ham, vafotidan keyin ham tayinlangan boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya qoplash hisobiga kiritilmaydi. Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega boʻlganlarning har biriga belgilangan qoplash miqdori keyinchalik qaytadan hisoblab chiqilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno: boquvchining vafotidan keyin farzand tugʻilishi; vafot etgan boquvchining bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan shaxslarga haq toʻlashni tayinlash yoki uni toʻxtatish. Qonunchilikda yoki shartnomada qoplash miqdorini koʻpaytirish nazarda tutilishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 1011-modda
Zarar yetkazgan shaxsning merosxoʻrlari tomonidan zararning qoplanishi
Fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati uning vafotidan keyin merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlariga oʻtadi. Merosxoʻrlar jabrlanuvchining oldida oʻzlariga meros boʻlib oʻtgan mol-mulkning haqiqiy qiymati doirasida javobgar boʻladilar. Vorissiz mol-mulk oʻziga oʻtgan davlat yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ham ana shunday asoslarda javobgar boʻladi.