Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini hisobga olish
Jabrlanuvchining qasddan ish koʻrishi natijasida yuzaga kelgan zarar toʻlanmaydi.
Agar jabrlanuvchi oʻzining qoʻpol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga koʻmaklashgan boʻlsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim.
Jabrlanuvchi qoʻpol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi boʻlmaganda, uning javobgarligi aybidan qatʼi nazar, yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, zararni toʻlash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganda tovon toʻlashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻshimcha xarajatlarni toʻlashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan koʻrilgan zararni toʻlashda, shuningdek dafn etish xarajatlarini toʻlashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi.
Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish