Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1009-modda

Boquvchisi vafot etganligi natijasida ziyon koʻrgan shaxslarga zararni toʻlash

Boquvchisi vafot etgan taqdirda quyidagilar zararni undirish huquqiga ega:

marhumning qaramogʻida turgan yoki u vafot etgan kungacha undan taʼminot olish huquqiga ega boʻlgan mehnatga layoqatsiz shaxslar;

marhumning vafotidan keyin tugʻilgan farzandi;

mehnat qobiliyatidan qatʼi nazar, marhumning qaramogʻida boʻlgan uning oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yoxud koʻrsatilgan yoshga toʻlgan boʻlsa ham tibbiyot muassasasining xulosasiga koʻra salomatligi boʻyicha boshqalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan va ishlamaydigan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa aʼzosi;

marhumning qaramogʻida boʻlgan va uning vafotidan keyin besh yil ichida mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolgan shaxslar.

Ishlamaydigan va marhumning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan ota-onasidan biri, er (xotin) yoxud oilaning boshqa aʼzosi parvarishlashni amalga oshirish davrida mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolgan taqdirda, ana shu shaxslarni parvarishlash tugaganidan keyin zararni undirish huquqini saqlab qoladi.

Zarar quyidagilarga toʻlanadi:

voyaga yetmaganlarga — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar;

oʻn sakkiz yoshdan oshgan oʻquvchilarga — oʻquvning kunduzgi shaklida oʻqishni tugatgunga qadar, biroq yigirma uch yoshdan oshmaguncha;

ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;

nogironligi boʻlgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;

marhumning qaramogʻida boʻlgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini ular oʻn toʻrt yoshga toʻlgunga qadar parvarishlashda band boʻlgan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoxud oilaning boshqa aʼzosiga.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.