Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 86¹-modda
Ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishning oldini olishga doir talablarni buzish
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, xoʻjalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud boʻlgan asbob-uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda ularni qoʻllashni tartibga solish choralarini koʻrmaslik, shuningdek ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritmaslik, ularning ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini taʼminlamaslik, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish, retsirkulyatsiyani (ozonni buzuvchi moddalardan qayta foydalanish maqsadida ularni birlamchi tozalashni) amalga oshirmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 86²-modda
Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzish
Avtomatik monitoring stansiyalarini, shuningdek chang-gaz tozalash qurilmalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga avtomatik monitoring stansiyalarini integratsiya qilmaslik, ushbu bazaga maʼlumotlarni kiritmaslik, oʻz vaqtida yoki toʻliq kiritmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 87-modda
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq boʻlgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtda shovqin va boshqa fizik taʼsir darajasi belgilangan normativdan ortiq boʻlgan avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish yoxud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish chogʻida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli taʼsiri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni taʼminlamaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortiq boʻlgan harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 88-modda
Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik
Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chogʻida yonilgʻi moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga toʻplashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maxsus texnik qurilmalarni qoʻllamasdan bitumni eritish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Dala va aholi punktlarida angʻiz, xazon va shox-shabbalarni yoki oʻsimliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yoqish uchun moʻljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilgʻini, yoqilgʻi sifatida foydalaniladigan moddalarni yoki moddalar aralashmasini, yoqilgʻi hisoblanmaydigan materiallarni va chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqish, shuningdek issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa obyektlarda yoqilgʻi sifatida shinalarni, bitumni, mazutni, plyonkani, sintetik kartonni, rezinani, jun tolasini yoqish va shunga oʻxshash komponentlarni oʻz ichiga olgan chiqindilarni yoqish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 89-modda
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni shuningdek kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni hamda bugʻlanuvchan birikmalarni tashish, saqlash va qoʻllanish qoidalarini buzish
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral oʻgʻitlarni hamda boshqa dorilarni, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni va bugʻlanuvchan birikmalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish, ularni qoʻllash hamda ulardan boʻshagan idishlarni zararsizlantirish qoidalarini tuproqning, suvning, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki oʻsimliklar, hayvonot dunyosi yoʻq qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 89¹-modda
Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish
Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz, xuddi shuningdek ruxsatnomada koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 9-modda
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilayotgan qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi ostidagi yoki Oʻzbekiston Respublikasining portida roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ochiq havo yoki suv boʻshligʻida boʻlgan kemada maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar ular chet davlat hududida huquqbuzarlik sodir etgan va ushbu Kodeksning 47⁶-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun oʻsha davlatning qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, yaʼni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega boʻlmaydi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotgan vaqt va joyda amal qilib turgan qonunchilik asosida yuritiladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, qimmatli qogʻozlar bozori, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish bilan bogʻliq qilmishlar uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 90-modda
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi ikki marta qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, – shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi. Tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda ov qilish yoxud baliq ovlash (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllash hollari mustasno), — shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 90¹-modda
Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish
Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish, — huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 91-modda
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 91¹-modda
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak boʻlgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 91²-modda
Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzish
Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha talablarni buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 91³-modda
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 91⁴-modda
Chiqindilar toʻplash maydonchalaridan va ularning qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda toʻplash va olib chiqib ketish
Chiqindilar toʻplash maydonchalaridan va ularning qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda toʻplash va olib chiqib ketish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 92-modda
Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa joyga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish
Hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning koʻchish yoʻllarini muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, toʻldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarni, shuningdek hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarini, zoologik va botanik kolleksiyalarini boshqa joyga joʻnatish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan boshqa yerga koʻchirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 92¹-modda
Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash
Yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, — ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, — ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 93-modda
Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda olib kelish
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki oʻsimliklarni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 94-modda
Noyob yoki yoʻq boʻlib ketish xavfida turgan hayvonlarni yoʻq qilib yuborish, oʻlja qilish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, sogʻi kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa harakatlar sodir etish
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yoʻq boʻlib ketish xavfida turgan hayvonlarni yoʻq qilib yuborish, oʻlja qilish yoxud ularning tuxum, uvildir qoʻyadigan inlarini, boshpanalarini yoʻq qilish, inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab boʻladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda oʻlja qilish — shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 95-modda
Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrmaganlik
Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini koʻrmaganlik — fuqarolarning bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 96-modda
Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz roʻyobga chiqarish
Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz yoxud unga rioya qilmagan holda roʻyobga chiqarish, shuningdek bunday xulosasi boʻlmay turib obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.