Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 94-modda

Noyob yoki yoʻq boʻlib ketish xavfida turgan hayvonlarni yoʻq qilib yuborish, oʻlja qilish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, sogʻi kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa harakatlar sodir etish

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yoʻq boʻlib ketish xavfida turgan hayvonlarni yoʻq qilib yuborish, oʻlja qilish yoxud ularning tuxum, uvildir qoʻyadigan inlarini, boshpanalarini yoʻq qilish, inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab boʻladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda oʻlja qilish —

shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.