Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 89-modda

Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni shuningdek kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni hamda bugʻlanuvchan birikmalarni tashish, saqlash va qoʻllanish qoidalarini buzish

Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral oʻgʻitlarni hamda boshqa dorilarni, shuningdek kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni va bugʻlanuvchan birikmalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish, ularni qoʻllash hamda ulardan boʻshagan idishlarni zararsizlantirish qoidalarini tuproqning, suvning, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki oʻsimliklar, hayvonot dunyosi yoʻq qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.