Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 87-modda

Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq boʻlgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish

Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtda shovqin va boshqa fizik taʼsir darajasi belgilangan normativdan ortiq boʻlgan avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish yoxud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish chogʻida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli taʼsiri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni taʼminlamaslik —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortiq boʻlgan harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.