Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 70²-modda
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish
Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari va daryolar oʻzanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno, — maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 71-modda
Yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish
Yer osti boyliklarini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini topilgan foydali qazilmalar zaxiralariga yoki foydali qazilmalar qazib olish korxonalari, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish sharoitlariga notoʻgʻri baho berilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan tarzda buzish, yer osti boyliklarini keyingi geologik jihatdan oʻrganishda va konlarni ishga solishda zarur boʻlgan geologik hujjatlarni, foydali qazilma namunalari dublikatlarini va kernlarini yoʻqotib qoʻyish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 72-modda
Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
Suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Korxonalar, kommunal va boshqa obyektlarni suvlarning ifloslanishi va bulgʻanishi yoki ularning zararli oqibatlari oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv obyektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish (bundan jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga moʻljallangan quduqlarni qazish hollari mustasno), ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yoʻq qilib yuborish yoki shikastlantirish, suv oʻzi chiqadigan quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yoʻq qilishga doir choralarni koʻrmaslik, sifatli yer osti suvlari hosil boʻladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai boʻlib qolishi mumkin boʻlgan sanoat, qishloq xoʻjaligi inshootlarini va boshqa obyektlarni joylashtirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan oʻttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 74-modda
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzish
Tabiiy suv oqimlari (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (koʻllar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv obyektlarining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, shuningdek aholi punktlaridagi va tuman (shahar) markazlaridagi ariqlarni, irrigatsiya tizimlarini koʻmib tashlash loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari boʻlmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Sunʼiy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sunʼiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzish, yaʼni suvdan xoʻjasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan oʻzboshimchalik bilan suv olish, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burgʻilash, bundan jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sugʻorish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma bir baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 75-modda
Suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzish
Suv obyektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish va oqib kelib qoʻshilayotgan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 76-modda
Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Suv xoʻjaligi inshoootlari va qurilmalarini shikastlantirish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Suv xoʻjaligi obyektlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 77-modda
Oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Oʻrmon fondi yerlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrish, drenaj tizimlarini va yoʻllarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻrmon fondi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 77¹-modda
Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish va ularda bino-inshootlar qurish
Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish yoki ularda bino-inshootlarni qurish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 78-modda
Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish tartibini buzish
Kesiladigan oʻrmon fondidan foydalanish, yogʻoch tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek oʻrmon kesish chiptasi (orderi)da yoki oʻrmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 79-modda
Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish
Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻz hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chogʻida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qoʻllagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yoʻq qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oltmish baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoki oʻzlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni koʻrmaganlik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yoʻq qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 79¹-modda
Oʻsimlik dunyosi obyektlarini yigʻish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish hamda tayyorlashning, shuningdek oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 8-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllanish vaqtida qonuniylikni taʼminlash
Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda taʼsir koʻrsatish chorasiga tortilishi mumkin emas. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi. Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralarini oʻz vakolatlari doirasida qoʻllaydilar. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllanish chogʻida qonunchilik talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan taʼminlanadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 80-modda
Oʻrmonlarni tiklash qoidalarini buzish
Oʻrmonlarni tiklash, ularning holatini va turi tarkibini yaxshilashga, ularning mahsuldorligini oshirishga, shuningdek yetilgan yogʻoch zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalar va yoʻriqnomalarni buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 81-modda
Qizil kitobga kiritilgan oʻsimliklarni yigʻish
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, poʻstlogʻi, barglari, gʻunchalari, gullari, urugʻlari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini oʻzboshimchalik bilan yigʻish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 82-modda
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish
Davlat qoʻriqxonasi rejimini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar shu jumladan suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 83-modda
Oʻrmon uchun foydali faunani yoʻq qilib yuborish
Oʻrmon uchun foydali faunani yoʻq qilib yuborish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 84-modda
Oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish
Oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yongʻin chiqishiga olib kelgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 85-modda
Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish
Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish; maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonunchilikka muvofiq maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, xuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab boʻluvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini toʻliq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, xuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz foydalanish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 85¹-modda
Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
Oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 86-modda
Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik
Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun oʻrnatilgan inshootlar, uskunalar, apparaturalardan, shuningdek chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.