Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish
Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish; maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonunchilikka muvofiq maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, xuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab boʻluvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini toʻliq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, xuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz foydalanish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish