Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 59⁵-modda
Xalq tabobati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini koʻrsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatish, shuningdek mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 60-modda
Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish
Yerdan, suvdan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti suvlari mustasno) egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi” Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — toʻrt yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa va oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 60¹-modda
Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaslik
Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti toʻgʻrisida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 61-modda
Oz miqdorda talon-toroj qilish
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni oʻgʻirlash tarzida sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish, shuningdek mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning koʻmir yoqilgʻisini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi. Tijorat maqsadi deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad tushuniladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 61¹-modda
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olish
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti xizmatchisining oʻz vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega boʻlmagan shaxs tushuniladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 61²-modda
Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish koʻp boʻlmagan miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp boʻlmagan miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 62-modda
Topib olingan mol-mulkni yashirish
Topib olingan yoki tasodifan qoʻliga tushib qolgan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan ortiq boʻlgan oʻzganing mol-mulkini yashirish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 63-modda
Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish
Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini tayyorlash yoki qayta ishlash tashkilotining, savdo yoxud umumiy ovqatlanish tashkilotining mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilib olish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 64-modda
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 64¹-modda
Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlish
Moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlish, yaʼni yozuvlar yozish, rasmlar chizish yoʻli bilan ularni tahqirlash yoki ularga shikast yetkazish, moddiy madaniy meros obyektlarini, shu jumladan ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud oʻzgacha madaniy qimmatiga dogʻ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oz miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan, koʻp boʻlmagan miqdorda zarar yetkazgan huquqbuzarlikni sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oz miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp boʻlmagan miqdordagi zarar deganda bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 65-modda
Yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish
Yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq xoʻjaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha maydonga ega yer uchastkasida sugʻoriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida sugʻoriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qishloq xoʻjaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 66-modda
Yer berish tartibini buzish
Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xoʻjaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat koʻrsatish, jamoa bogʻdorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga toʻsqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 67-modda
Vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik
Vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini oʻz vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 68-modda
Yer tuzish loyihalaridan oʻzboshimchalik bilan chetga chiqish
Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat boʻlmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 68¹-modda
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Fuqarolar tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga turar joyga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 68²-modda
Davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzish
Davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha vakolatli organlarning mansabdor shaxslari tomonidan tegishli davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzish, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun davlat kadastrlarining axborotini taqdim etishdan boʻyin tovlash yoki notoʻgʻri axborotni taqdim etish — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 69-modda
Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish
Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va oʻrmonlardagi cheklov belgilarini yoʻq qilish yoki shikastlantirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 7-modda
Maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli boʻlish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan tadbirlar ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼmin eta borib, oʻz hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar hamda ularga hisobdor maʼmuriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 70-modda
Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish
Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarga oʻzboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish (bundan foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish mustasno), yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarning zararli taʼsiridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik belgilarni yoʻq qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Konlarning boy uchastkalarini tanlab ishlatish, mineral xom ashyoni qazib olayotganda va qayta ishlashda foydali qazilmalarni normativdan ortiq nobud qilish, foydali qazilma konlarini yaroqsiz holga keltirish va foydali qazilma zaxiralaridan oqilona foydalanish talablarini boshqacha tarzda buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Marksheyderlik hujjatlarini yoʻqotish, tugatilayotgan yoki konservatsiya qilinayotgan konlarni va burgʻilangan quduqlarni aholining xavfsizligini taʼminlovchi holatga keltirib qoʻyish talablarini, shuningdek konservatsiya vaqtida konlarni, qazilayotgan joylarni va burgʻilangan quduqlarni muhofaza etish talablarini bajarmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 70¹-modda
Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish
Daryolarning oʻzanlarini tozalashga va qirgʻoqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.