Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1006-modda

Sogʻliqqa shikast yetkazilganligi tufayli koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash hajmi va xususiyati

Fuqaro mayib qilinganda yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganda jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi mumkin boʻlgan yoʻqotilgan ish haqi (daromadlari), shuningdek salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qoʻshimcha xarajatlari, shu jumladan davolanish, qoʻshimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, protez qoʻydirish, birovning parvarishida boʻlish, sanatoriy-kurortda davolanish, maxsus transport vositalarini sotib olish, boshqa kasbga tayyorgarlikdan oʻtish xarajatlari, agar jabrlanuvchining ana shu yordam va parvarish turlariga muhtojligi hamda ularni bepul olish huquqiga ega emasligi aniqlansa, oʻrni qoplanishi lozim.

Yoʻqotilgan ish haqini (daromadlarni) aniqlashda jabrlanuvchiga mayib boʻlishi yoki sogʻligʻiga boshqacha shikast yetishi sababli tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek sogʻligʻiga zarar yetkazilmasidan oldingi va undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar eʼtiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini kamaytirishga sabab boʻlmaydi (zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi). Zararni qoplash hisobiga, shuningdek jabrlanuvchi sogʻligʻiga shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmaydi.

Qonunchilik yoki shartnoma bilan ushbu moddaga muvofiq jabrlanuvchiga tegadigan toʻlov hajmi va miqdori koʻpaytirilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.