Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1010-modda

Boquvchisi vafot etgan taqdirda koʻrilgan zararning oʻrnini qoplash miqdori

Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga zarar marhumning ushbu Kodeks 1007-moddasi qoidalari boʻyicha aniqlangan ish haqi (daromadi)ning marhum hayot vaqtida ular oʻz taʼminoti uchun olgan yoki olish huquqiga ega boʻlgan ulushi miqdorida qoplanadi. Bu shaxslarga zararni qoplashni aniqlashda marhumning daromadlari tarkibiga ish haqi (daromad) bilan bir qatorda u hayot vaqtida olgan pensiya, umrbod taʼminot va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar kiritiladi.

Zararning oʻrnini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan shaxslarga tayinlangan pensiya, shuningdek boquvchisining vafotidan oldin ham, vafotidan keyin ham tayinlangan boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya qoplash hisobiga kiritilmaydi.

Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega boʻlganlarning har biriga belgilangan qoplash miqdori keyinchalik qaytadan hisoblab chiqilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:

boquvchining vafotidan keyin farzand tugʻilishi;

vafot etgan boquvchining bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band boʻlgan shaxslarga haq toʻlashni tayinlash yoki uni toʻxtatish.

Qonunchilikda yoki shartnomada qoplash miqdorini koʻpaytirish nazarda tutilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.