Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 1008-modda

Voyaga yetmagan shaxsning sogʻligʻiga shikast yetkazilganda zararning oʻrnini qoplash

Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan va ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxs mayib boʻlib qolgan yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan taqdirda zarar yetkazilganligi uchun javobgar shaxs sogʻliqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlarning oʻrnini qoplashi shart.

Jabrlanuvchi oʻn toʻrt yoshga toʻlganda, shuningdek oʻn toʻrtdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxsga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs jabrlanuvchiga sogʻliqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlardan tashqari, shuningdek uning mehnat qobiliyati yoʻqotilganligi yoki kamayganligi bilan bogʻliq zararni qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdoridan kelib chiqib, qoplashi shart.

Agar voyaga yetmagan shaxs sogʻligʻiga shikast yetkazilguniga qadar ish haqi (daromad)ga ega boʻlgan boʻlsa, unda zarar ushbu ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqib, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.

Sogʻligʻiga ilgari shikast yetkazilgan voyaga yetmagan shaxs mehnat faoliyati boshlanganidan soʻng zarar uchun toʻlanayotgan haqni u oladigan ish haqi (daromad) yoxud unga lavozimi boʻyicha belgilangan haq miqdoridan yoki u ishlayotgan joydagi ayni shunday malakadagi xodimning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqib, koʻpaytirishni talab qilishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.