Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 224-modda
Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish
Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yoʻl qoʻyish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 224¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish, yaʼni shaxslar va transport vositalarining oʻtkazish punktlarida boʻlishi hamda harakatlanishi tartibiga rioya etmaslik, shaxslarning oʻtkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport vositalariga gʻayriqonuniy kirishi — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuboriladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzishni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etib, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 224²-modda
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek qoʻriqlashning texnik vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish uchun qoʻllaniladigan qoʻriqlashning texnik vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 225-modda
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish
Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishi, yaʼni amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan harakatlanish hujjatlari bilan yashashi, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishning, koʻchishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganligi, turish muddati tugagach chiqib ketishdan boʻyin tovlashi, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish qoidalariga oʻn sutkagacha rioya etmaganligi. bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini oʻn sutkadan ortiq, ammo oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini oʻttiz sutkadan ortiq muddatga buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qilish tartibini mansabdor shaxs tomonidan buzish, — mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni xususiy ishlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxs tomonidan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishini, shuningdek ularning bu yerda boʻlishning belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrilmaganligi, xuddi shuningdek shaxs tomonidan xususiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga uy-joy maydoni, transport vositalarini berish yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatish, agar bu Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ayon boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, ular keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan taqdirda, ular keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 225¹-modda
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi sud qarorini bajarmaslik
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisida qabul qilingan sud qarorlarini bajarmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 226-modda
Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etishning belgilangan tartibini buzish — qonunga xilof ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Belgilangan tartibni buzgan holda chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227-modda
Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi
Bojxona organining ruxsatisiz bojxona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaxslarni olib oʻtish yoki bojxona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹-modda
Bojxona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtganlik toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga xabar bermaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi toʻgʻrisida bojxona organiga notoʻgʻri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan boʻlsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹⁰-modda
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, yaʼni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, xuddi shuningdek hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹¹-modda
Bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona nazoratini oʻtkazish uchun hudud va binoga kirishiga toʻsqinlik qilish
Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni oʻtkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud boʻlgan yoki nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoxud binoga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishiga toʻsqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹²-modda
Bojxona organiga hisobotlarni taqdim etmaslik va hisob-kitob yuritish tartibiga rioya qilmaslik
Bojxona nazorati ostida yoxud erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida boʻlib, olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan, kelib tushayotgan, saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan, tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojxona organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek bunday tovarlar hisob-kitobini yuritish tartibiga rioya etmaslik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹³-modda
Tovarlarni saqlash uchun joylashtirish, ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar oʻtkazish tartibini buzish
Tovarlarni saqlash uchun joylashtirishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash tartibiga, xuddi shuningdek bojxona omborlarida hamda erkin omborlarda tovarlarga doir operatsiyalar oʻtkazish tartibiga rioya etmaslik, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida, ushbu Kodeksning 227⁴, 227⁸, 227⁹ va 227¹¹-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tovarlarni bojxona rejimida saqlash muddatlariga rioya etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹⁴-modda
Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish
Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish, yaʼni tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish miqdori, tovarlarni qayta ishlash boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi talablar, cheklashlar va shartlarga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qoʻyish — tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹⁵-modda
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹⁶-modda
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini olib chiqmaganlik uchun maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin oʻttiz kun ichida ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik, agar bunday olib chiqish shart boʻlsa, — tovarlarni va transport vositalarini musodara qilishga sabab boʻladi. Ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar bunday qaytarib olib kirish shart boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatda olib chiqmagan shaxs qonunchilikda belgilangan yigʻimni oʻz ixtiyori bilan bir ish kuni ichida toʻlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹⁷-modda
Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish
Tovarlarni yoʻq qilish tartibini buzish, yaʼni tovarlarni yoʻq qilishning, ularni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹⁸-modda
Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirganlik
Tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan bojxona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojxona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq boʻlmagan tarzda tasarruf etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227¹⁹-modda
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishda iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlarni qoʻllanish tartibiga rioya qilmaslik
Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qoʻllaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qoʻllanishning belgilangan tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, — tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²-modda
Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan holda chora koʻrmaslik
Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 224-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²⁰-modda
Tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish
Ushbu Kodeks 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib oʻtish, — tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.