Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 226-modda
Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etishning belgilangan tartibini buzish —
qonunga xilof ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Belgilangan tartibni buzgan holda chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish