Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²¹-modda
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish
Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, yaʼni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib oʻtish, — tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, yaʼni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga oʻxshash qilib qoʻyish, — tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Hujjatlardan yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, bundan ushbu Kodeksning 227²²-moddasida va 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, — tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²²-modda
Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash, yaʼni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan belgilangan yozma, ogʻzaki yoki boshqa shakldagi maʼlumotlarni bermaslik yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar berish, ushbu Kodeksning 227⁷, 227¹⁰, 227¹⁹, 227²⁰, 227²¹-moddalarida va 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, bu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir etmagan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²³-modda
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab oʻtib yoxud bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki notoʻgʻri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, — tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²⁴-modda
Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish tartibini buzish
Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²⁵-modda
Bojxona toʻlovlaridan gʻayriqonuniy ozod qilishga, ularni kamaytirishga, toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlar va boshqa haqni olishga yoxud yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslikka qaratilgan xatti-harakatlar
Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona toʻlovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻladigan notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, ushbu Kodeksning 227²⁰-moddasi va 227²¹-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan notoʻgʻri maʼlumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud bu toʻlovlarni va boshqa haqni toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarganlik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²⁶-modda
Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlarini buzish
Bojxona toʻlovlarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²⁷-modda
Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish
Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227⁴-modda
Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yoʻqotish yoki yetkazib bermaslik
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yoʻqotish yoki bojxona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yoʻqotish yoxud yetkazib bermaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227⁵-modda
Transport vositasini toʻxtatmaslik yoki bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda toʻxtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini toʻxtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz joʻnatib yuborish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227⁶-modda
Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib toʻxtash
Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib toʻxtashi, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227⁷-modda
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, yaʼni bojxona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni oʻtkazish joyi, vaqti va taomili toʻgʻrisidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227⁸-modda
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalar, shuningdek bojxona organining ruxsatisiz yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar oʻtkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan foydalanish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovni tuzatish, oʻrash, qayta oʻrash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar va boshqa joylarni ochish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227⁹-modda
Bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish
Bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirish, yoʻq qilish, shikastlash yoki yoʻqotish, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositalarining yukxonasini, yuklangan tovarlarni qonunga xilof ravishda ochish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 228-modda
Muhrlar (plombalar)ni qasddan buzish yoki yulib olish
Ushbu Kodeks 146-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda vakolatli mansabdor shaxs qoʻygan muhrlar (plombalar)ni qasddan buzish yoki yulib olish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 229-modda
Boʻsh ish oʻrinlarini yashirish
Boʻsh ish oʻrinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, boʻsh ish oʻrinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim boʻshatib olinishi kutilayotganligi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlash, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 23-modda
Maʼmuriy jazoning turlari
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun kuyidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin: 1) maʼmuriy ogohlantirish; 2) jarima; 3) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; 4) maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish; 5) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; 6) haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish; 7) maʼmuriy qamoqqa olish; 8) chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish. Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida sanab oʻtilgan maʼmuriy jazo choralari faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 230-modda
Fuqarolik holati aktlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Fuqarolik holati aktlarini yozish organlariga atayin yolgʻon maʼlumotlar berish yoki tegishli organlarga qonunchilikda nazarda tutilgan fuqarolik holati aktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etishni taʼminlashga doir choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻrmaganlik, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tugʻilishni va oʻlimni oʻz vaqtida qayd etishni taʼminlash choralarini koʻrmaganlik, xuddi shuningdek tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomani yoxud oʻlim haqidagi, shu jumladan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnomani notoʻgʻri va (yoki) noaniq toʻldirganlik, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 231-modda
Chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan oʻtishi lozim boʻlgan yoshlarning roʻyxatlarini mudofaa ishlari organlariga taqdim etmaslik
Harbiy hisob ishlari uchun masʼul boʻlgan shaxslarning chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan oʻtishi lozim boʻlgan yoshlarning roʻyxatlarini tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga belgilangan muddatda taqdim etmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 232-modda
Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi toʻgʻrisida xabar berishni taʼminlamaganlik
Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun masʼul boʻlgan boshqa shaxslarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari talabi boʻyicha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi toʻgʻrisida xabar berishni tashkil etmaganliklari yoxud fuqarolarning chaqiruv uchastkalariga yoki yigʻin joylariga oʻz vaqtida borishlariga toʻsqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 233-modda
Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning dastlabki hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik
Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun masʼul boʻlgan boshqa shaxslarning, shuningdek uy egalarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga va hokimliklarga uy daftarlarini, chaqiriluvchilar yoki harbiy xizmatga majbur hisoblangan shaxslarning qayd qilish kartochkalarini va harbiy hisob hujjatlarini harbiy hisobga olish yoki hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun oʻz vaqtida taqdim etmasligi — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.