Fuqarolik holati aktlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Fuqarolik holati aktlarini yozish organlariga atayin yolgʻon maʼlumotlar berish yoki tegishli organlarga qonunchilikda nazarda tutilgan fuqarolik holati aktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etishni taʼminlashga doir choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻrmaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tugʻilishni va oʻlimni oʻz vaqtida qayd etishni taʼminlash choralarini koʻrmaganlik, xuddi shuningdek tugʻilganlik toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomani yoxud oʻlim haqidagi, shu jumladan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnomani notoʻgʻri va (yoki) noaniq toʻldirganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish