Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 231-modda

Chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan oʻtishi lozim boʻlgan yoshlarning roʻyxatlarini mudofaa ishlari organlariga taqdim etmaslik

Harbiy hisob ishlari uchun masʼul boʻlgan shaxslarning chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan oʻtishi lozim boʻlgan yoshlarning roʻyxatlarini tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga belgilangan muddatda taqdim etmasligi —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.