Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki notoʻgʻri deklaratsiyalash, yaʼni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan belgilangan yozma, ogʻzaki yoki boshqa shakldagi maʼlumotlarni bermaslik yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar berish, ushbu Kodeksning 227⁷, 227¹⁰, 227¹⁹, 227²⁰, 227²¹-moddalarida va 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —
tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, bu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir etmagan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish