Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 227²¹-modda

Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish

Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, yaʼni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib oʻtish, —

tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, yaʼni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga oʻxshash qilib qoʻyish, —

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Hujjatlardan yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, bundan ushbu Kodeksning 227²²-moddasida va 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, —

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.