Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 232-modda

Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi toʻgʻrisida xabar berishni taʼminlamaganlik

Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun masʼul boʻlgan boshqa shaxslarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari talabi boʻyicha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi toʻgʻrisida xabar berishni tashkil etmaganliklari yoxud fuqarolarning chaqiruv uchastkalariga yoki yigʻin joylariga oʻz vaqtida borishlariga toʻsqinlik qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.