Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan gʻayriqonuniy operatsiyalar, shuningdek bojxona organining ruxsatisiz yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar oʻtkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini oʻzgartirish, ulardan foydalanish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovni tuzatish, oʻrash, qayta oʻrash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar va boshqa joylarni ochish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish