Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning dastlabki hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik
Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun masʼul boʻlgan boshqa shaxslarning, shuningdek uy egalarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga va hokimliklarga uy daftarlarini, chaqiriluvchilar yoki harbiy xizmatga majbur hisoblangan shaxslarning qayd qilish kartochkalarini va harbiy hisob hujjatlarini harbiy hisobga olish yoki hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun oʻz vaqtida taqdim etmasligi —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish