Bojxona toʻlovlaridan gʻayriqonuniy ozod qilishga, ularni kamaytirishga, toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlar va boshqa haqni olishga yoxud yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslikka qaratilgan xatti-harakatlar
Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona toʻlovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻladigan notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, ushbu Kodeksning 227²⁰-moddasi va 227²¹-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan notoʻgʻri maʼlumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud bu toʻlovlarni va boshqa haqni toʻliq boʻlmagan hajmda qaytarganlik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish