Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 225-modda

Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishi, yaʼni amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim boʻlgan harakatlanish hujjatlari bilan yashashi, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishning, koʻchishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganligi, turish muddati tugagach chiqib ketishdan boʻyin tovlashi, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit oʻtish qoidalariga oʻn sutkagacha rioya etmaganligi.

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini oʻn sutkadan ortiq, ammo oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga buzishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini oʻttiz sutkadan ortiq muddatga buzishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qilish tartibini mansabdor shaxs tomonidan buzish, —

mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni xususiy ishlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxs tomonidan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishini, shuningdek ularning bu yerda boʻlishning belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrilmaganligi, xuddi shuningdek shaxs tomonidan xususiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga uy-joy maydoni, transport vositalarini berish yoxud boshqa xizmatlar koʻrsatish, agar bu Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ayon boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzganligi uchun ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, ular keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzishni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan taqdirda, ular keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.