Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek qoʻriqlashning texnik vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va toʻsiqlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish uchun qoʻllaniladigan qoʻriqlashning texnik vositalarini yoʻq qilish yoki ularga shikast yetkazish
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish