Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 224¹-modda

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish, yaʼni shaxslar va transport vositalarining oʻtkazish punktlarida boʻlishi hamda harakatlanishi tartibiga rioya etmaslik, shaxslarning oʻtkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport vositalariga gʻayriqonuniy kirishi —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuboriladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzishni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etib, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan jarimani toʻlamagan taqdirda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuboriladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.