Tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish
Ushbu Kodeks 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun moʻljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib oʻtish, —
tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish