Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, yaʼni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, xuddi shuningdek hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish