Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishda iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlarni qoʻllanish tartibiga rioya qilmaslik
Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qoʻllaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qoʻllanishning belgilangan tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, —
tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish