Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴⁶-modda
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizani, agar uni ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda quyidagilarni aniqlasa, qaytaradi: 1) ariza ushbu Kodeksning 324⁴³ va 324⁴⁴-moddalarida belgilangan qoidalar buzilgan holda berilganligini; 2) ariza belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilganligini va uni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud emasligini; 3) muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrsiz ekanligini, shunga koʻra ariza berish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga asos mavjud emasligini. Arizani qaytarish toʻgʻrisida qaror chiqariladi. Sudning arizani qaytarish toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ariza bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴⁷-modda
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan oshmagan muddatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda koʻrib chiqiladi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴⁸-modda
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan qabul qilinadigan qaror
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud arizani qanoatlantirish va ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilish haqida yoki arizani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan qarorning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chiqarilgan sud qarori ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda takroran koʻradi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁵-modda
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish
Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ushbu shikoyatni qaytarib olishga haqli. Apellyatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir. Oʻziga nisbatan sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori chiqarilgan shaxs oʻz advokatining apellyatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli. Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning advokati, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁶-modda
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatlari
Birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim. Ushbu Kodeksning 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹-moddalarida nazarda tutilgan birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim. Birinchi instansiya sudining maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berilgan paytdan eʼtiboran bir sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁷-modda
Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar apellyatsiya shikoyati (protesti) koʻriladigan vaqt va joy haqida sud chaqiruv qogʻozlari, telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁸-modda
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish tartibi
Birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻriladi. Apellyatsiya instansiyasi sudi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni sud majlisida ushbu paragrafda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning XXIII bobida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish qoidalariga binoan koʻrib chiqadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish apellyatsiya instansiyasida koʻrilayotganda sud majlisi ish boʻyicha raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaxslar, ularning vakillari kelganligini, hozir boʻlganlarning shaxsini aniqlaydi, mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, berilgan iltimosnomalarni hal qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni apellyatsiya tartibida koʻrish uchun monelik qilmaydi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning maʼruzasi bilan boshlanadi. Maʼruza davomida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish holatlari, birinchi instansiya sudi qarorining mazmuni, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlari bayon etiladi. Maʼruzadan keyin sud majlisida hozir boʻlgan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud agar prokuror apellyatsiya protesti bergan boʻlsa, prokuror birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Apellyatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soʻzlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud boʻlganda yoki oʻz tashabbusiga koʻra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi. Sud apellyatsiya shikoyatining (protestining) vajlari bilan chegaralanmay, unga ilova qilingan qoʻshimcha materiallarni hamda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini toʻliq hajmda tekshiradi. Apellyatsiya instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ular sudda tushuntirishlar bergan ketma-ketlikda muzokaralarda chiqish imkoniyatini yaratadi. Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi. Ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁹-modda
Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalariga koʻra, apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmay qoldirish toʻgʻrisida; 2) birinchi instansiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida; 3) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish toʻgʻrisida; 4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida; 5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida; 6) apellyatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellyatsiya ish yuritishini tugatish toʻgʻrisida. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi. Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 325-modda
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ijrosining majburiyligi
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi majburiydir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 326-modda
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishga qaratish
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror, basharti ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligida oʻzgacha qoida belgilanmagan boʻlsa, chiqarilgan paytdan boshlab ijro etilishi lozim. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda bu qaror berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest qanoatlantirishsiz qoldirilgandan keyin ijro etilishi kerak. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida undirib olinadigan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror bundan mustasnodir. Jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda bajarishning ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddati oʻtib ketganidan keyin majburiy ravishda ijro etiladi. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror uni chiqargan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ijro etishga qaratiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 327-modda
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligida belgilangan tartibda vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ijro etiladi. Bir shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida bir necha qaror chiqarilgan hollarda ularning har biri mustaqil ravishda ijro etiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 328-modda
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini kechiktirish
Maʼmuriy qamoqqa olish yoki jarima solish (joyning oʻzida undirib olinadigan jarima solish bundan mustasno) tarzida maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorni darhol ijro etishga imkon bermaydigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) uning ijrosini bir oygacha muddatga kechiktirishi mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 329-modda
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini tugatish
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) quyidagi hollarda uning ijrosini tugatadi: 1) amnistiya akti eʼlon qilinib, u maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishni yoʻq qilsa; 2) maʼmuriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan boʻlsa; 3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan boʻlsa.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 33-modda
Yengilroq maʼmuriy jazo chorasining qoʻllanilishi
Sud maʼmuriy jazo chorasini qoʻllayotganda javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sabablar va asoslarni albatta koʻrsatib, ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa yanada yengil jazo chorasini qoʻllashi mumkin. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda, yengilroq maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni ushbu Kodeksning 308¹-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 330-modda
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ijrosining muhlati
Basharti maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu Kodeksning 318-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi toʻxtatib turilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi shikoyat yoki protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi. Ushbu Kodeksning 328-moddasiga muvofiq qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, kuchini yoʻqotish muddatining kechishi muddatini kechiktirish davri oʻtgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 331-modda
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal etish
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) hal etadi. Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning toʻgʻri va oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) zimmasiga yuklatiladi. Organlarning (mansabdor shaxslarning) maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosiga oid harakati xususida berilgan shikoyatlar ushbu Kodeksning 315-moddasida aytib oʻtilgan organlar tomonidan 319 va 320-moddalarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda hal etiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 332-modda
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish muddatlari va tartibi
Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim, ushbu moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay toʻlashi kerak. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mustaqil ish haqi boʻlmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga toʻlanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 332¹-modda
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi
Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi: ushbu Kodeksning 131, 132, 136, 140-moddalarida va 211-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda; jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda; xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 333-modda
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni majburiy ijro etish
Huquqbuzar jarimani ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddat ichida toʻlamagan taqdirda, jarima solish toʻgʻrisidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi. Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan boʻlsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga koʻra undirib olishning iloji boʻlmasa, uni undirib olish davlat ijrochisi tomonidan jarima solish toʻgʻrisida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Jarima Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undirib olinishi mumkin boʻlmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 334-modda
Joyning oʻzida undirib olinadigan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish
Ushbu Kodeksning 283-moddasiga muvofiq jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning oʻzida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qatʼiy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi. Jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida toʻlanmasa, ishni koʻrib chiqish va qarorni ijro etish ushbu Kodeksning 332 va 333-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.