Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish
Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bergan shaxs ushbu shikoyatni qaytarib olishga haqli. Apellyatsiya protestini qaytarib olish huquqi protestni kiritgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir.
Oʻziga nisbatan sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori chiqarilgan shaxs oʻz advokatining apellyatsiya shikoyatini qaytarib olishga haqli.
Maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning advokati, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish