Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 329-modda
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini tugatish
Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) quyidagi hollarda uning ijrosini tugatadi:
1) amnistiya akti eʼlon qilinib, u maʼmuriy jazo chorasini qoʻllanishni yoʻq qilsa;
2) maʼmuriy javobgarlikni belgilovchi normativ hujjat bekor qilingan boʻlsa;
3) ustidan qaror chiqarilgan shaxs vafot etgan boʻlsa.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish