Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁹-modda

Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalariga koʻra, apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmay qoldirish toʻgʻrisida;

2) birinchi instansiya sudi qarorini, shuningdek organning (mansabdor shaxsning) qarorini bekor qilish va ishni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organga (mansabdor shaxsga) qaytarish haqida;

3) birinchi instansiya sudi qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish va yangi qaror chiqarish toʻgʻrisida;

4) birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;

5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida;

6) apellyatsiya shikoyati (protesti) qaytarib olinishi munosabati bilan apellyatsiya ish yuritishini tugatish toʻgʻrisida.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilganidan keyin darhol oʻqib eshittiriladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.