Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 332¹-modda

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi

Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:

ushbu Kodeksning 131, 132, 136, 140-moddalarida va 211-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;

jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.