Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatlari
Birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) u ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹-moddalarida nazarda tutilgan birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) ishning barcha materiallari bilan kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.
Birinchi instansiya sudining maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) shikoyat (protest) berilgan paytdan eʼtiboran bir sutka ichida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish