Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324²⁸-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish va shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrib chiqish muddati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni tekshirish uchun suddan taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) boʻyicha talab qilib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni talab qilib olish uchun ushbu Kodeksning 324²⁴-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlari sabab boʻladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha boʻlgan muddatda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324²⁹-modda
Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish
Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan protestni qaytarib olish huquqi protest keltirgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir. Oʻziga nisbatan sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori chiqarilgan shaxs oʻz advokatining taftish tartibida berilgan shikoyatini qaytarib olishga haqli. Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxsning advokati, qonuniy vakili oʻzining taftish tartibida berilgan shikoyatini faqat maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olishga taftish instansiyasi sudi alohida xonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³-modda
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari
Birinchi instansiya sudining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qaror oʻqib eshittirilgan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs va jabrlanuvchi tomonidan esa, qarorning koʻchirma nusxalari ularga topshirilgan yoki ular tomonidan ushbu koʻchirma nusxalar olingan kundan eʼtiboran xuddi shu muddatda berilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda, apellyatsiya shikoyati (protesti) beruvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra, qarorni chiqargan sud, agar muddatning oʻtkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga haqli boʻlib, bu haqda ajrim chiqariladi. Sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³⁰-modda
Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish
Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar: 1) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁷-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 2) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁴ va 324²⁵-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa; 3) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan boʻlsa; 4) taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa; 5) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlmasa. Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kelib tushgan, taftish tartibida berilgan shikoyatlar boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar
Taftish tartibida berilgan shikoyat unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan hollarda esa ishni talab qilib olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi. Shikoyatni oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi oʻz ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisida; 2) shikoyatni ish bilan birga koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida. Taftish tartibida shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch sutka ichida xabar qilinadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³²-modda
Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrim
Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan joy va sana; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi; 3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar; 4) qaror chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan sana; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish sabablari va asoslari. Sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning oʻrinbosariga shikoyat qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning oʻrinbosari taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning shikoyatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta koʻrib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni ish bilan birga taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishga haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³³-modda
Taftish tartibida berilgan shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan joy va sana; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi; 3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar; 4) qaror chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan sana; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni; 6) taftish tartibida berilgan shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari; 7) ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish joyi va sanasi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni oʻzi chiqargan ajrim bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga ish bilan birga oʻtkazadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³⁴-modda
Shikoyat (protest) taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kiritilganligi toʻgʻrisida uch sutka ichida xabardor qilinadi. Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasi yoxud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusxasi bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³⁵-modda
Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrib chiqish uchun tayyorlash
Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi, taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bilan birga kelib tushganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxsni, jabrlanuvchini, ularning qonuniy vakillarini, advokatni va maʼmuriy huquqbuzarlik haqida bayonnoma tuzgan organni taftish tartibida shikoyat (protest) berilganligi haqida, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qiladi. Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) nusxasi yoxud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusxasi bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma ushbu shaxslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, ish taftish tartibida koʻriladigan vaqt haqida ishni koʻrib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qilinadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³⁶-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining sud majlisida taftish tartibida koʻrishda taraflarning ishtirok etishi
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining sud majlisida taftish tartibida koʻrishda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ ishtirok etishga haqli. Ushbu shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin. Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³⁷-modda
Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrish tartibi
Ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida Oliy sud sudyasi tomonidan taftish tartibida yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida koʻrilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning taftish tartibida berilgan shikoyati (protesti) boʻyicha koʻrilayotganligini eʼlon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, prokurorning, advokatning va tarjimonning familiyasini, ismini, otasining ismini maʼlum qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi qaysi shaxslar, ularning vakillari kelganligini aniqlashtiradi, hozir boʻlganlarning shaxsini aniqlaydi, mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, bildirilgan iltimosnomalarni hal qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida koʻrish uchun monelik qilmaydi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni taftish instansiyasi sudida koʻrish sud majlisida raislik qiluvchi sudyaning maʼruzasi bilan boshlanadi. Maʼruza davomida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish holatlari, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi qarorining mazmuni, taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) vajlari bayon etiladi. Maʼruzadan keyin sud majlisida hozir boʻlgan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning vakillarining tushuntirishlari eshitiladi. Taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar prokuror taftish tartibida protest keltirgan boʻlsa, prokuror birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Taftish instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soʻzlarini eshitib, tegishli iltimosnomalar mavjud boʻlganda yoki oʻz tashabbusiga koʻra ishdagi mavjud va sudga taqdim etilgan (sud tomonidan talab qilib olingan) yangi dalillarni tekshiradi. Sud taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) vajlari bilan chegaralanmay, unga ilova qilingan qoʻshimcha materiallarni hamda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini toʻliq hajmda tekshiradi. Taftish instansiyasi sudi ish holatlarini aniqlashtirishni va dalillarni tekshirishni tamomlagach, ishda ishtirok etayotgan shaxslarga ular sudda tushuntirishlar bergan ketma-ketlikda muzokaralarda chiqish imkoniyatini yaratadi. Sud muzokaralari tugallangach, sudya qaror qabul qilish uchun alohida xonaga kiradi. Ishni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinadi. Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida ushbu Kodeksning 308-moddasida belgilangan talablarga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³⁸-modda
Ishni taftish tartibida koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; 2) apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilish va birinchi instansiya sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida; 3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida; 4) birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish va yangi qaror qabul qilish haqida; 5) jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan doirada oʻzgartirish haqida; 6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³⁹-modda
Ishni taftish tartibida koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining qarori
Ishni taftish tartibida koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining qarorida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy; 2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar; 3) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) taftish tartibida shikoyat (protest) berilgan qarorning qaror qismi mazmuni; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning), ishni taftish tartibida koʻrishda ishtirok etayotgan shaxslar eʼtirozlarining va tushuntirishlarining mazmuni, shuningdek prokurorning fikri; 6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) boʻyicha ishni koʻruvchi sudning qarori. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarorida birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori qonuniy, asosli va adolatli deb topilganligining, shikoyat (protest) qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak. Qaror bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarorida qonunning qaysi normalari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi va adolatsizligi nimadan iborat ekanligi vajlari koʻrsatilishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining qarori sudya tomonidan imzolanadi. Ishni taftish tartibida koʻruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining qarori sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va chiqarilgan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. Ishni taftish tartibida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan chiqarilgan qaror uzil-kesildir. Ishni taftish tartibida koʻruvchi sudning qarori uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴-modda
Apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuniga qoʻyiladigan talablar
Apellyatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) shikoyat (protest) yuborilayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, uning yashash joyi yoki joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 3) qaror chiqargan sudning nomi, qaror chiqarilgan sana, sud ishining raqami, ustidan shikoyat (protest) berilayotgan qaror qaysi shaxsga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 4) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning fikriga koʻra qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi toʻgʻrisidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni; 5) shikoyat (protest) bergan shaxs oʻz talablarini asoslayotgan dalillar, xususan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar; 6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligining sababi; 7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati; 8) shikoyat (protest) berilgan sana, shikoyat (protest) bergan shaxsning imzosi. Agar apellyatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu moddaning birinchi qismi talablariga javob bermasa va bu ishni keyinchalik mazmunan koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa, birinchi instansiya sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini (protestini) uni bergan shaxsga qaytarish toʻgʻrisida uch kunlik muddatda ajrim chiqarib, apellyatsiya shikoyatini (protestini) yangidan tuzish uchun muddat belgilaydi. Sudyaning apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimining talablari bajarilmagan va apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴⁰-modda
Sudning qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish huquqi
Jinoyat ishlari boʻyicha sud oʻzi chiqargan hamda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ushbu paragrafda nazarda tutilgan asoslarga koʻra va tartibda yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴¹-modda
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻradigan sudlar
Birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu qarorni chiqargan jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan qayta koʻriladi. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlarni qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴²-modda
Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish asoslari quyidagilardan iborat: 1) sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar; 2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va mazkur ish boʻyicha qonunga xilof yoki asoslantirilmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi, guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi, bila turib yolgʻon tarjima qilinganligi; 3) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan holatlar, yaʼni ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining yoxud sudyaning mazkur ishni koʻrish chogʻida sodir etilgan jinoiy qilmishlari; 4) jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoxud iqtisodiy sudning mazkur ish boʻyicha sud hujjatini qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjati yoki boshqa organning qarori yoxud boshqa huquqiy hujjati bekor qilinganligi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴³-modda
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani berish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi. Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi. Ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddati ariza bilan murojaat qilgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirib berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb tan olsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin. Sud hujjati chiqarilgan paytdan eʼtiboran bir yil oʻtgach berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴⁴-modda
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) ishda ishtirok etayotgan shaxslar (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning turgan joyi (pochta manzili) yoki yashash joyi; 3) arizachi yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni talab qilayotgan sud hujjatini chiqargan sudning nomi; ishning raqami, sud hujjati chiqarilgan sana; 4) arizachining fikriga koʻra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻladigan yangi ochilgan holat, hujjatlarga havola qilingan holda; 5) ariza berayotgan shaxsning talabi; 6) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. Arizaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak: 1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari; 2) arizachi qayta koʻrib chiqishni talab qilayotgan sud hujjatining koʻchirma nusxasi; 3) ariza vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324⁴⁵-modda
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qoʻyilayotgan talablarga rioya etilgan holda berilgan ariza tegishli sudning ish yurituviga qabul qilinadi. Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida sud qaror chiqaradi. Qarorning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 324¹¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.