Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish va shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrib chiqish muddati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni tekshirish uchun suddan taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) boʻyicha talab qilib olishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni suddan talab qilib olishga haqli. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni talab qilib olish uchun ushbu Kodeksning 324²⁴-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlari sabab boʻladi.
Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bir oygacha boʻlgan muddatda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish