Shikoyat (protest) taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzgan organ, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga kiritilganligi toʻgʻrisida uch sutka ichida xabardor qilinadi.
Taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxasi yoxud qaror chiqargan sudning internet-resursi orqali uning elektron nusxasi bilan tanishish mumkinligi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga yuboriladi. Bunda taraflarga ularning taftish tartibida berilgan shikoyatga (protestga) doir oʻz eʼtirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi eʼtirozlarni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kelib tushgan eʼtirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish