Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 324³³-modda

Taftish tartibida berilgan shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan joy va sana;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;

3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar;

4) qaror chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori chiqarilgan sana;

5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni;

6) taftish tartibida berilgan shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish sabablari va asoslari;

7) ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish joyi va sanasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni oʻzi chiqargan ajrim bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga ish bilan birga oʻtkazadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.