Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish
Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar:
1) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁷-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
2) shikoyat (protest) ushbu Kodeksning 324²⁴ va 324²⁵-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa;
3) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtkazilib berilgan boʻlsa;
4) taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa;
5) maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish taftish tartibida koʻrilishi lozim boʻlmasa.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish