Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish muddatlari va tartibi
Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim, ushbu moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno.
Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay toʻlashi kerak.
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mustaqil ish haqi boʻlmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga toʻlanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish