Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 333-modda

Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni majburiy ijro etish

Huquqbuzar jarimani ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddat ichida toʻlamagan taqdirda, jarima solish toʻgʻrisidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilab qoʻyilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.

Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan boʻlsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga koʻra undirib olishning iloji boʻlmasa, uni undirib olish davlat ijrochisi tomonidan jarima solish toʻgʻrisida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Jarima Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijro hujjatlari boʻyicha undirib olinishi mumkin boʻlmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.