Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- FuqarolikCIVIL · 278-modda
Garovga oluvchining garov narsasiga boʻlgan oʻz huquqlarini himoya qilishi
Garovga oluvchi oʻz ixtiyorida boʻlgan yoki boʻlishi lozim boʻlgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egallashidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egallashidan talab qilib olishga haqli (ushbu Kodeksning 228, 229, 230, 232-moddalari). Shartnoma shartlariga koʻra garovga oluvchiga oʻziga topshirilgan garov narsasidan foydalanish huquqi berilgan hollarda u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan ham, oʻz huquqining har qanday buzilishini bartaraf etishni, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham (ushbu Kodeksning 231, 232-moddalari), talab qilishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 279-modda
Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish asoslari
Garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undipuvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni oʻzi javobgap boʻlgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim dapajada bajarmagan taqdirda garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish mumkin. Agar garov bilan taʼminlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas boʻlsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Garov bilan taʼminlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi: 1) agar garov bilan taʼminlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi garov qiymatining oʻn besh foizidan kamroqni tashkil qilsa; 2) agar garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmagan boʻlsa.
- FuqarolikCIVIL · 28-modda
Emansipatsiya
Oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa, u toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxsni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud, bunday rozilik boʻlmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari boʻyicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar boʻyicha javobgar boʻlmaydilar.
- FuqarolikCIVIL · 280-modda
Undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish tartibi
Garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi. Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga, agar bu garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan tuzilgan, notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi. Mazkur kelishuv tufayli huquqlari buzilgan shaxsning daʼvosiga koʻra bunday kelishuv sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar garovga qoʻyuvchining garovga oluvchi bilan kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga oluvchining talablari garovga qoʻyilgan koʻchar mol-mulk hisobidan sud hujjatiga muvofiq qondiriladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin. Undiruv garov narsasiga quyidagi hollarda faqat sudning qaroriga muvofiq qaratilishi mumkin: 1) qonunda boshqa shaxsning yoki organning garov toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun roziligi yoxud ruxsati haqidagi talab belgilangan boʻlsa, bundan mazkur mol-mulkni garovga berish chogʻida zarur boʻlgan rozilik yoki ruxsat olingan hollar mustasno; 2) garov narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega mol-mulk boʻlsa; 3) garovga qoʻyuvchi yoʻqolgan boʻlsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin boʻlmasa.
- FuqarolikCIVIL · 281-modda
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish
Ushbu Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy ravishda realizatsiya qilish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion shaklidagi ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshiriladi. Garovga qoʻyilgan, suddan tashqari tartibda undiruv qaratilgan mol-mulk kimoshdi savdosida sotish, bevosita sotish, kreditga, lizingga, ijaraga berish, boʻlib-boʻlib sotish yoʻli bilan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi mumkin. Garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxi garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi. Garovga qoʻyuvchi va garovga oluvchi oʻrtasida mol-mulk narxi boʻyicha kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, mustaqil baholovchi tashkilot jalb etiladi va garovning dastlabki qiymati bozor qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda baholash bilan bogʻliq barcha xarajatlar mustaqil baholovchi tashkilotni jalb qilgan taraf tomonidan qoplanadi. Kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda (undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilgan taqdirda) garovga oluvchi garovga qoʻyuvchi bilan kelishuvga koʻra, garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotib olishga va xarid narxini garov bilan taʼminlangan oʻz talablari hisobiga oʻtkazishga haqli. Bunday kelishuvga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi. Takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilinganda garovga oluvchi garov narsasini realizatsiya qilinmagan garov narsasini takroriy kimoshdi savdosidagi boshlangʻich sotish narxidan koʻpi bilan yigirma besh foiz kamroq summada baholab, oʻzida olib qolishga haqli. Agar garovga oluvchi garov narsasini oʻzida olib qolish huquqidan takroriy kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida foydalanmasa, garov toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinadi. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u, qonunda yoki shartnomada boshqacha koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, yetishmayotgan summani garovga asoslangan imtiyozdan foydalanmagan holda, qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish chogʻida tushgan summa garovga oluvchilarning garov bilan taʼminlangan talablari miqdoridan oshib ketsa, farq garovga qoʻyuvchiga qaytariladi. Qarzdor yoki uchinchi shaxs boʻlgan garovga qoʻyuvchi garov narsasi realizatsiya qilinguniga qadar istalgan vaqtda garov bilan taʼminlangan majburiyatni yoki uning muddati oʻtkazib yuborilgan qismini bajarib, undiruvni garov narsasiga qaratishni va uni realizatsiya qilishni tugatishga haqli. Bu huquqni cheklaydigan kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir.
- FuqarolikCIVIL · 282-modda
Garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarish va undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish
Garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni quyidagi hollarda muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli: 1) agar garov narsasi garovga qoʻyuvchida qoldirilgan boʻlib, garov toʻgʻrisidagi shartnoma buzilgan holda uning egaligidan chiqqan boʻlsa; 2) garovga qoʻyuvchi garov narsasini almashtirish qoidalarini buzgan boʻlsa (ushbu Kodeksning 276-moddasi); 3) garov narsasi garovga oluvchi javob bermaydigan vaziyatlarda yoʻqolgan boʻlsa, agar garovga qoʻyuvchi ushbu Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa. Garovga oluvchi quyidagi hollarda garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga, agar uning talabi qondirilmasa, undiruvni garov narsasiga qaratishga haqli: 1) garovga qoʻyuvchi navbatdagi garov qoidasini buzgan boʻlsa (ushbu Kodeksning 273-moddasi); 2) garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni saqlash va asrash yuzasidan ushbu Kodeks 274-moddasi birinchi qismining 1 va 2-bandlarida hamda ikkinchi qismida nazarda tutilgan burchlarni bajarmasa; 3) garovga qoʻyuvchi garovga qoʻyilgan mol-mulkni tasarruf etish qoidalarini buzsa (ushbu Kodeks 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari); 4) boshqa kreditorlar tomonidan undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilganda, shu jumladan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilganda.
- FuqarolikCIVIL · 283-modda
Garovning bekor boʻlishi
Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi: 1) garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida; 2) ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻlganida garovga qoʻyuvchining talabi bilan; 3) garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, basharti garovga qoʻyuvchi ushbu Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalangan boʻlmasa; 4) garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda (ushbu Kodeksning 281-moddasi). Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan reyestrda ipoteka tugatilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan boʻlishi kerak; 5) agar garovga oluvchi ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan taʼminlanmagan kreditorlarning oʻz talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno. Garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi natijasida yoki garovga qoʻyuvchining talabi bilan garov bekor boʻlganida (ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismi) ixtiyorida garovga qoʻyilgan mol-mulk boʻlgan garovga oluvchi uni darhol garovga qoʻyuvchiga qaytarib berishi shart.
- FuqarolikCIVIL · 284-modda
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtganida garovning saqlanishi
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xoʻjalik asosida yuritish huquqi garovga qoʻyuvchidan ushbu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi, bundan muomaladagi tovarlarning garovi hamda garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi yoki xoʻjalik asosida yuritish huquqi garovni saqlamagan holda boshqa shaxsga oʻtishiga garovga oluvchi rozilik bildirgan hollar mustasno. Agar garovga oluvchi bilan kelishuvda oʻzgacha tartib belgilangan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining huquqiy vorisi garovga qoʻyuvchining oʻrniga oʻtadi va uning hamma burchlarini bajaradi. Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulki huquqiy vorislik tartibida bir necha shaxsga oʻtgan boʻlsa, huquqiy vorislarning (mol-mulkni oluvchilarning) har biri garov bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmaslikning gapovdan kelib chiqadigan oqibatiga mazkur mol-mulkning oʻziga oʻtgan qismiga mutanosib ravishda javob beradi. Agar garov narsasi boʻlinmasa yoki boshqa asoslarga koʻra huquqiy vorislarning umumiy mulki boʻlib qolsa, ular solidar garovga qoʻyuvchilarga aylanadilar.
- FuqarolikCIVIL · 285-modda
Garovga qoʻyilgan mol-mulkni majburiy ravishda olib qoʻyishning oqibatlari
Agar garovga qoʻyuvchining garov narsasi boʻlgan mol-mulkka mulk huquqi qonun bilan belgilangan asoslar va tartibda, jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganligi (qayta sotib olish), rekvizitsiya yoki natsionalizatsiya oqibatida bekor boʻlsa, garovga qoʻyuvchiga boshqa mol-mulk beriladi yoki tegishli haq (kompensatsiya) toʻlanadi. Bunday holda oʻrniga-oʻrin berilgan mol-mulkka garov huquqi tatbiq etiladi yoki tegishincha, garovga oluvchi garovga qoʻyuvchiga tegishi kerak boʻlgan haq summasidan (kompensatsiyadan) oʻz talabini imtiyozli qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi. Garov narsasi boʻlgan mol-mulk aslida ushbu mol-mulkning egasi boshqa shaxs ekanligi (ushbu Kodeksning 228-moddasi) asosida garovga qoʻyuvchidan qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hollarda ushbu mol-mulkning garovga qoʻyilishi bekor boʻladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda garovga oluvchi garov bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan ilgari bajarishni talab qilishga haqli. Garov narsasi boʻlgan mol-mulk garovga qoʻyuvchidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda olib qoʻyilganda, garovga oluvchida oʻz talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tarzda qanoatlantirish huquqi saqlab qolinadi.
- FuqarolikCIVIL · 286-modda
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish
Garovga oluvchi talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoʻli bilan kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga berish haqidagi qoidalarga (ushbu Kodeksning 313-321-moddalari) rioya qilgan holda garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini boshqa shaxsga berishga haqli. Garovga oluvchining garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha oʻz huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi, agar garov bilan taʼminlangan asosiy majburiyat boʻyicha qarzdordan talab qilish huquqidan ham oʻsha shaxs foydasiga voz kechilgan boʻlsa, haqiqiy boʻladi. Agar boshqacha hol isbotlangan boʻlmasa, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechilishini ham anglatadi.
- FuqarolikCIVIL · 287-modda
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bergan boʻlmasa (ushbu Kodeksning 322-moddasi), garov bekor boʻladi.
- FuqarolikCIVIL · 288-modda
Muomaladagi tovarlar garovi
Tovarlarni garovga qoʻyib, ularni garovga qoʻyuvchida qoldirish va ularning umumiy qiymati garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻpsatilganidan kamaymasligini shart qilib qoʻygan holda garovga qoʻyuvchiga garovga qoʻyilgan mol-mulkning tarkibi va asl shaklini (tovar zaxiralari, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va shu kabilar) oʻzgartirish huquqining berilishi muomaladagi tovarlar garovi hisoblanadi. Garovga qoʻyilgan muomaladagi tovarlar qiymatining kamayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, garov bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mos keladigan darajada yoʻl qoʻyiladi. Garovga qoʻyuvchi tomonidan boshqa shaxslapga bepilgan muomaladagi tovarlar egallovchining mulkiga yoki operativ boshqaruviga oʻtgan paytdan boshlab garov narsasi boʻlmay qoladi, garovga qoʻyuvchi tomonidan olingan, garov toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan tovarlar esa — garovga qoʻyuvchida ularga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan eʼtiboran garov narsasiga aylanadi. Garovga qoʻyuvchi muomaladagi tovarlar garovi shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi garovga qoʻyilgan tovarlarga oʻz belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud boʻlgan taqdirda) bosib, tartibni buzish bartaraf qilingunga qadar ular bilan amalga oshipiladigan operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 289-modda
Ashyolarning lombardda garovga qoʻyilishi
Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli mikroqarzlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin. Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Garovga qoʻyilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi. Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning napxlapiga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi shart. Lombard garovga qoʻyilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas. Lombard ashyolarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qoʻyilgan ashyolarning yoʻqolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar boʻladi. Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan taʼminlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat oʻtganidan keyin garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qoʻyilgan tartibda (ushbu Kodeksning 281-moddasi) ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni toʻliq qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa ham, lombardning garovga qoʻyuvchiga (qarzdorga) talablari bekor boʻladi. Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi. Lombardda ashyolarni garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shaptnomaning garovga qoʻyuvchining huquqlarini ushbu Kodeks yoki boshqa qonunlar bilan unga beriladigan huquqlarga qaraganda cheklab qoʻyadigan shaptlapi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
- FuqarolikCIVIL · 29-modda
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Olti yoshdan oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar: 1) mayda maishiy bitimlar; 2) tekin manfaat koʻrishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni talab qilmaydigan bitimlar; 3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablagʻlarni tasarruf etish borasidagi bitimlar. Kichik yoshdagi bolaning bitimlari boʻyicha, shu jumladan oʻzi mustaqil tuzgan bitimlar boʻyicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyi, agar ular majburiyatning buzilishida oʻzlarining ayblari yoʻqligini isbotlay olmasalar, mulkiy javobgar boʻladilar. Ushbu shaxslar qonunga muvofiq kichik yoshdagi bolalar yetkazgan zarar uchun ham javobgar boʻladilar.
- FuqarolikCIVIL · 290-modda
Ushlab qolish asoslari
Qarzdorga yoki qarzdor koʻrsatgan shaxsga topshirilishi lozim boʻlgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bogʻliq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga toʻlash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli. Garchi ashyoning haqini toʻlash yoki uning chiqimlarini va boshqa zararni toʻlash bilan bogʻliq boʻlmasa-da, biroq taraflari tadbirkorlar sifatida ish koʻrayotgan majburiyatdan kelib chiqqan talablar ham ashyoni ushlab qolish bilan taʼminlanishi mumkin. Ashyo kreditor egaligiga oʻtganidan keyin unga boʻlgan huquqlar uchinchi shaxs tomonidan olinganligiga qaramasdan, kpeditor oʻz qoʻlidagi bu ashyoni ushlab qolishi mumkin. Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu moddaning qoidalapi qoʻllaniladi.
- FuqarolikCIVIL · 291-modda
Talablarni ushlab qolingan ashyo hisobidan qondirish
Ashyoni ushlab qolgan kreditorning talablari uning qiymatidan garov bilan taʼminlangan talablarni qondirish uchun nazarda tutilgan hajmda va tartibda qondiriladi.
- FuqarolikCIVIL · 292-modda
Kafillik shartnomasi
Kafillik shartnomasi boʻyicha kafil boshqa shaxs oʻz majburiyatini toʻla yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz zimmasiga oladi. Kafillik shartnomasi kelgusida vujudga keladigan majburiyatni taʼminlash uchun ham tuzilishi mumkin. Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Yozma shaklga rioya qilmaslik kafillik shartnomasining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.
- FuqarolikCIVIL · 293-modda
Kafilning javobgarligi
Qarzdor kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar boʻlishi nazarda tutilgan boʻlmasa. Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor koʻpgan boshqa zararlarni toʻlaydi. Agar kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birgalashib kafil boʻlgan shaxslar kreditor oldida solidar javob beradilar.
- FuqarolikCIVIL · 294-modda
Kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda uning huquq va burchlari
Kafil kreditorning talabiga qarshi qarzdor bildirishi mumkin boʻlgan hamma eʼtirozlarni qoʻyishga haqli. Hatto qarzdor oʻz eʼtirozlaridan voz kechgan yoki oʻz majburiyatini tan olgan taqdirda ham kafil ushbu eʼtirozlarga boʻlgan huquqini yoʻqotmaydi. Agar kafilga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa, u qarzdorni ishda ishtirok etish uchun jalb qilishi shart. Aks holda qarzdor kreditorga qarshi oʻzining barcha eʼtirozlarini kafilning qarshi talabiga qarama-qarshi qoʻyish huquqiga ega.
- FuqarolikCIVIL · 295-modda
Majburiyatni bajargan kafilning huquqlari
Majburiyatni bajargan kafilga kreditorning ushbu majburiyat boʻyicha huquqlari hamda garovga oluvchi sifatida kreditorga tegishli boʻlgan huquqlar kafil kreditorning talabini qancha hajmda qanoatlantirgan boʻlsa, shuncha hajmda oʻtadi. Kafil kreditorga toʻlangan summaga foizlar toʻlashni va qarzdor uchun javobgarlik munosabati bilan koʻrgan boshqa zararini toʻlashni qarzdordan talab qilishga haqli. Kafil majburiyatni bajarganidan keyin kreditor qarzdorga boʻlgan talabni tasdiqlovchi hujjatlarni kafilga topshirishi va bu talabni taʼminlaydigan huquqlarni berishi shart. Ushbu moddada belgilangan qoidalar agar qonunda yoki kafilning qarzdor bilan shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qoʻllaniladi.