Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 283-modda

Garovning bekor boʻlishi

Garov quyidagi hollarda bekor boʻladi:

1) garov bilan taʼminlangan majburiyat bekor boʻlganida;

2) ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻlganida garovga qoʻyuvchining talabi bilan;

3) garovga qoʻyilgan ashyo nobud boʻlganida yoki garovga qoʻyilgan huquq bekor boʻlganida, basharti garovga qoʻyuvchi ushbu Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalangan boʻlmasa;

4) garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek uni realizatsiya qilish mumkin boʻlmagan taqdirda (ushbu Kodeksning 281-moddasi). Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan reyestrda ipoteka tugatilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan boʻlishi kerak;

5) agar garovga oluvchi ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan boʻlsa, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan taʼminlanmagan kreditorlarning oʻz talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.

Garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilishi natijasida yoki garovga qoʻyuvchining talabi bilan garov bekor boʻlganida (ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismi) ixtiyorida garovga qoʻyilgan mol-mulk boʻlgan garovga oluvchi uni darhol garovga qoʻyuvchiga qaytarib berishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.